TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov karantin endigina boshlanganida JSSTning o‘zida ham davolash bo‘yicha isbotlangan hech qanday usul bo‘lmaganini ma’lum qildi.
“JSST va uning Yevropa hududiy burosiga murojaat qilganmiz. Prezidentimiz farmoyishga asosan mablag‘ ajratib bergan. Biz IVL, PSR apparatlari va dori sotib olishimiz kerak. Ming afsus, o‘sha paytda JSSTda ham isbotlangan hech qanday usul yo‘q edi. Shundan kelib chiqib, qaysi dori birinchi paydo bo‘lgan bo‘lsa, AQSh prezidenti birinchi bo‘lib gidroksixloroxinni maqtab chiqdi, shu zahoti buni sotib olish masalasi boshlandi”, - dedi u Xalqaro press-klubning “Pandemiyaga qarshi kurashda milliy tajriba” mavzuyida navbatdagi sessiyasida.
Shodmonovning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda samara beradigan dori ilmiy asosi yo‘q edi. Orqasidan favipiravir nafaqat sotib oligan va zaxira yaratildi, balki O‘zbekistonda ishlab chiqarish boshlandi.
“Orqasidan remdisivir, eng qimmatbaho dori. Og‘ir reanimatsiyadagi bemorlarni shu orqali saqlab qoldik”, - dedi sobiq SSV rahbari.