Toshkentda avtobusda yong‘in chiqdi

Bobur ko‘chasida 29 yoshli haydovchi boshqaruvi ostidagi 12-sonli avtobus saroyiga tegishli avtobusning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Toshkentda avtobusda yong‘in chiqdi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 22-dekabr kuni soat 14:50 larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida 12-sonli avtobus saroyiga tegishli avtobusning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in haydovchi yo‘lovchi tashuvchi avtobusni 47-yo‘nalishda boshqarib ketayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Toshkentda avtobusda yong‘in chiqdi

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda