Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi rahbari o‘zgardi

Zebiniso Shodiyeva ayni paytga qadar Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Sputnik

TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi rahbari o‘zgardi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.

Sharifxodjayev Xalq ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Ta’kidlanishicha, Samarqand viloyati hokimligida Erkinjon Turdimov rahbarligida xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan.

Yig‘ilishda Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev ham ishtirok etgan.

Tadbirda viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlangan. Viloyat XTB rahbari Saidahmad Usmonov o‘rnini Zebiniso Shodiyeva egalladi, 

Zebiniso Shodiyeva ayni paytga qadar Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.