Rossiya hibsga olingan 56 nafar ayblanuvchilarni Toshkentga jo‘natdi – video

O‘zbekiston tomonining vakolatlari organlari so‘roviga binoan Rossiya javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish uchun 56 nafar fuqarolarni jo‘natdi.
Sputnik

Ularni Toshkentdan kelgan maxsus reys Novosibirsk aeroportidan olib ketdi. Ma’lum qilinishicha, ular O‘zbekistonda odam o‘ldirishga suiqasd qilish, bosqinchilik, o‘g‘rilik va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanishmoqda.

Koronavirus tarqalishi tufayli ularni vataniga topshirish chog‘ida alohida choralar ko‘rilgan.