"Rosselxoznadzor" O‘zbekistondan tayyor go‘sht mahsulotlariga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va "Rosselxoznadzor" federal xizmati o‘rtasida O‘zbekistondan eksport qilinadigan chorvachilik mahsulotlari va korxonalar ro‘yxatini yanada kengaytirish borasida o‘zaro hamkorlikdagi ishlar davom etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 23 dek - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan chorvachilik mahsulotlari, xususan, termik ishlovdan o‘tgan tayyor go‘sht va sut mahsulotlari hamda xom ashyolari eksporti uchun yo‘l ochildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Pomidor va qalampir: Rossiya ayrim cheklovlarni qisman bekor qildi

"Rosselxoznadzor" federal xizmati tomonidan qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov Xalqaro epizootik Buroning quruqlikdagi hayvonlar sog‘lig‘i kodeksi talablari asosida termik ishlovdan o‘tgan tayyor mahsulotlar uchun bekor qilindi.

Endilikda O‘zbekiston Respublikasida tayyor go‘sht va sut maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari o‘z mahsulotlarini Rossiya bozorida sotishlariga imkon yaratildi.

Buning uchun tadbirkorlik subyektlari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlarga eksport qiluvchi korxonalarni yagona reyestriga kirishi zarur bo‘ladi. Reyestrga kiritishdan oldin a’zo davlatlarning vakolatli organlari tomonidan hamkorlikda ishlab chiqaruvchi korxonalarda belgilangan tartibda veterinariya audit va inspeksiya o‘rganishlari o‘tkazilishi zarur bo‘ladi.

O‘zbekiston 19 davlatga 78 xil mahsulotni eksport qilish uchun ruxsatnomalar oldi

Dastlabki bosqichda, mamlakatda faoliyat olib borayotgan o‘z mahsulotlarini eksport qilish istagini bildirgan go‘sht va sut mahsulotlari, baliq va parranda mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 9 nafar korxonalarda mahsulotlarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlarga eksport qilishni amalga oshirish maqsadida vakolatli organlar tomonidan veterinariya audit va inspeksiya o‘rganishlarining o‘tkazilishi tashkil etildi.

Shu bilan bir qatorda, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va "Rosselxoznadzor" federal xizmati o‘rtasida O‘zbekistondan eksport qilinadigan chorvachilik mahsulotlari va korxonalar ro‘yxatini yanada kengaytirish borasida o‘zaro hamkorlikdagi ishlar davom etmoqda.