TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Avtomatlashtirilgan "Mars-ekspress" sayyoralararo stansiyasi Marsda o‘zgacha suratni tasvirga oldi.
Mars Express portali xabariga ko‘ra, janubiy qutbdan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda olimlar “qanotli va zarhal doirali farishta”ga o‘xshash bo‘lgan g‘aroyib manzarani kashf etdilar.
Bunday landshaftni olivin va piroksen kabi minerallarga boy qumtepalar hosil qildi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, ular dastlab Mars ostida joylashgan, ammo keyinchalik, ehtimol ular qadimgi vulqon bilan surib chiqarilgan.
Yana bir qiziq fakt, fotosuratda ko‘rsatilgan Janubiy qutb qalinligi 1,5 kilometrdan oshadigan muz qalpog‘i bilan qoplangandi.
Biroq, hozir sayyoraning pastki yarim sharida yoz, shuning uchun sovuq qoplam yil davomida eng past darajada.