Moldova bosh vaziri iste’foga chiqishini ma’lum qildi

Moldova bosh vaziri Ion Kiku mamlakatning saylangan prezidenti Mayya Sandu bilan uchrashib, yangi Vazirlar mahkamasi tayinlangunga qadar hukumat qanday ishlashini muhokama qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Moldova bosh vaziri Ion Kiku iste’foga chiqishini ma’lum qildi

Moldovada hukumatga qarshi miting bo‘lib o‘tmoqda

“Ma’lumki, parlament tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlar uchun ikkita yo‘l bor. Ushbu sharoitlarda bu jarayon tezroq boshlanishi uchun bosh vazir va hukumat iste’fosini taklif qilaman”, - dedi Kiku. Uning so‘zlaridan Sputnik Moldova agentligi iqtibos keltirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chorshanba kuni Moldovaning saylangan prezidenti Mayya Sandu bilan  uchrashadi va yangi Vazirlar mahkamasi tayinlangunga qadar hukumat qanday ishlashini muhokama qiladi.