Fransiyada erkak uch nafar jandarmni otib tashladi

Jandarmlar tunda erkakning uyiga zo‘ravonlik haqidagi xabar kelib tushgani uchun kelishgan. Ular ayolga yordam berishga urinishganida 48 yoshli erkak o‘t ochgan.
Sputnik

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Fransiyaning Pui-de-Dom departamentida uch nafar jandarm 48 yoshli erkak tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda BFMTV telekanali prokuratura ma’lumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Amber yig‘inida sodir bo‘lgan. Jandarmlar tunda erkakning uyiga zo‘ravonlik haqidagi xabar kelib tushgani uchun kelishgan. Ular tomdan ayolga yordam berish uchun tushishga urinishganida 48 yoshli erkak o‘t ochgan.