Asaka zavodi faolyati 2021-yil yanvarda vaqtincha to‘xtatiladi

O‘zbekistonda barcha hududlaridagi Shevrole dilerlik tarmog‘i yangi standartlarga o‘tkaziladi. Yangi standartlarga javob bermaydigan dilerlarning dilerlik shartnomalari bekor qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Uzavto O‘zbekistonda yangi Chevrolet standartlarini joriy etmoqda, deb xabar qildi O‘zavtosanoat matbuot-xizmati.

UzAuto Motors Rossiyada Chevrolet sotuvini qayta yo‘lga qo‘ydi

"UzAuto mijozlar tomonidan bildirilgan fikrlar va mulohazalar bilan ishlashni davom ettirmoqda hamda ijobiy tomonga o‘zgarishlar qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. GM kompaniyasidagi hamkorlar bilan samarali ishlar olib borib, natijada UzAuto Motors rasman BIQ4 (build in quality) sifat standartlari sertifikatini qo‘lga kiritdi. Kelgusi yaqin yillarda DjiEm tizimidagi eng yuqori BIQ NEXT sifat darajasini olish maqsad qilib olindi. Sifat standartlariga bo‘lgan talabning oshishi barcha Chevrolet modellariga bevosita ta’sir qiladi, shu sababli ishlab chiqarishda barcha zarur modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirish maqsadida 2021-yil yanvar oyida Asaka zavodi faolyatini vaqtincha to‘xtatish rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.

Respublikaning barcha hududlaridagi Shevrole dilerlik tarmog‘i yangi standartlarga o‘tkaziladi. Bundan avval dilerlik tarmog‘ini Chevrolet brendiga o‘tkazish ishlari eksport bozorlarida boshlangan edi. Bu o‘zgarishlar dilerlik markazlarini yangi Chevrolet brendbukiga muvofiq qayta jihozlashni o‘z ichiga olib, amalga oshirilayotgan ishlarni davom ettirish uchun zarur sharoit bo‘lib xizmat qiladi. Yangi standartlarga javob bermaydigan dilerlarning dilerlik shartnomalari bekor qilinadi.

Bundan tashqari, dilerlik tarmog‘i tamonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati xam oshiriladi, yuqori darajadagi kafolatlangan xizmat joriy etiladi. Ushbu xizmatlarning sifat darajasi kadrlarni tayyorlash, sodiqlik dasturlarini joriy qilish, mijozlarning fikrlarini o‘rganish va boshqa ko‘plab amalga oshirilayotgan ishlar evaziga oshirib boriladi.