O‘zbekistonlik sportchilar Jahon kubogida 14ta medal qo‘lga kiritishdi

Moskvada bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida o‘zbekistonlik sportchilar 3ta oltin, 8ta kumush va 3ta bronza medallarni qo‘lga kirtishdi.
Sputnik

TOShKENT, 22 dek - Sputnik. O‘zbekiston sambochilari Moskvada bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi musobaqasida 14ta medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni qo‘lgan kiritishdi, deb xabar qilmoqda Milliy Gvardiya telegram kanali. 

"Murosasiz bellashuvlar natijasida hamurtlarimiz - 3 ta oltin, 8 ta kumush va 3 ta bronza medallarni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladilar", - deyilgan xabarda. 

Sportchilar orasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Sarbon Ernazarov oltin hamda Ulg‘bek Raxmonov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Toshkent xalqaro aeroportida sportchilar munosib kutib olindi.

O‘zbekistonlik sportchilar Jahon kubogida 14ta medal qo‘lga kiritishdi

Moskvadagi xalqaro turnirda 17 ta davlatdan 130 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etgan.

O‘zbekistonlik sportchilar Jahon kubogida 14ta medal qo‘lga kiritishdi