Toshkent hokimligi noodatiy ekskursiyaga taklif qildi

28-30 dekabr kunlari O‘zbekiston davlat amaliy san’at va hunarmandchilik muzeyida “Muzeyda tun” o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. 28-30 dekabr kunlari O‘zbekiston davlat amaliy san’at va hunarmandchilik muzeyida “Muzeyda tun” o‘tkaziladi, deb xabar qildi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, san’at ixlosmandlari kechki paytda o‘tkaziladigan noodatiy ekskursiya hamda “Askiya”, “Kelin salom”, “Alla” kabi milliy tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin.

"Karantin cheklovlari inobatga olinadi. O‘zingiz bilan ko‘chma yoritish manbasini olib kelish tavsiya etiladi", - deyilgan xabarda.