Rossiya Federatsiyasi sobiq prezidenti umrbod senator bo‘lishi mumkin - yangi qonun

Qonunda aniqlik kiritilishicha, Federatsiya Kengashiga prezident tomonidan tayinlanadigan soni 30 nafardan ko‘p bo‘lmagan RF vakillari kiradi, ular orasida yetti nafarigina umrbod tayinlanishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Vladimir Putin federal qonunni imzoladi, unga ko‘ra davlat rahbari prezident vakolatlari tugaganidan so‘ng senator bo‘lishi va umrbod belgilangan kvotaga da’vogarlik qilishi mumkin, deb xabar beradi RIA Novosti huquqiy axborot rasmiy Internet portaliga tayangan holda.

Rossiya Konstitutsiyasiga tuzatishlar: sobiq SSSR davlatlarida ovoz berish jarayoni qanday o‘tdi

Ushbu yangiliklarni ko‘zda tutuvchi "Federatsiya Kengashini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi yangi tahrirdagi qonunning tashabbuskori RF prezidenti bo‘ldi. Ushbu hujjat Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish doirasida kiritilgan.

Yangi nizomga muvofiq, RFning sobiq prezidenti FKga tegishli hujjatlar kiritilgan arizani taqdim etgan kundan boshlab senator maqomini oladi.

Ariza prezidentlik vakolati tugagan muddatdan boshlab uch oy davomida taqdim etilishi mumkin. Ushbu qonun qabul qilingunga qadar vakolatlari tugatilgan prezident bu ishni istagan vaqtida amalga oshirishi mumkin.

Putin 2024-yilgi saylovlarda prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishga qarshi emasligini aytdi

Qonunda aniqlik kiritilishicha, Federatsiya Kengashiga har bir regionning ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hukumat vakillaridan tashqari, prezident tomonidan tayinlanadigan soni 30 nafardan ko‘p bo‘lmagan RF vakillari kiradi, ular orasida yetti nafarigina umrbod tayinlanishi mumkin.

Umrbod senatorlik vakolatlarini amalga oshiruvchi RF vakillari davlat va jamoatchilik sohalarida ulkan hissa qo‘shgan fuqarolar tayinlanishi mumkin.

Senatorlar - (yetti kishidan ko‘p bo‘lmagan) RF vakillari prezident farmoni bilan olti yilga yoki umrbod tayinlanadi. Senatorlarni tayinlash prezident vazifasiga kirmaydi, ammo bunga u haqli va istalgan vaqtda uning xohishiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

 

Tegishli qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.