Xonanda Jasur Umirov qamoqqa olindi

Jabrlanuvchi va uning advokati talabiga ko‘ra, jinoyat ishi viloyat prokurorining maxsus nazorati ostiga olingan.
Sputnik

TOShKENT, 22 dek - Sputnik. Xonanda Jasur Umirov qamoqqa olindi. Bu haqida Samarqand viloyat prokuraturasi xabar qilmoqda. 

"Jinoyat ishda to‘plangan dalillar asosida J.U.ga nisbatan 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilinib, sudning 21.12.2020 yildagi ajrimiga asosan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi", - deyilgan xabarda. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, xonandaga nisbatan qamoqqa olish chorasi ushbu jinoyat ishi yuzasidan jabrlanuvchi va uning advokatining jinoyat ishi olib borilishidan norozilik bildirganidan so‘ng amalga oshirilgan. Jinoyat ishi tergovi viloyat prokurori R.Masharipov tomonidan alohida nazoratga olindi.

Eslatib o‘tamiz, xonanda Jasur Umirov voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tegish jinoyatida ayblanmoqda.