Qorabog‘ning 700 nafardan ziyod aholisiga dala gospitalida tibbiy yordam ko‘rsatildi

Rossiya tinchlikparvar kuchlari tan olinmagan respublikaning Stepanakert va boshqa aholi punktlarida mahalliy aholiga yordam ko‘rsatishni davom ettirmoqda.
Sputnik

Rossiya Mudofaa vazirligining maxus guruhiga malakali terapevt, jarroh va boshqa shifokorlar kiritilgan. Ular yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarga tavsiyalar berib, kerakli dori-darmonlarni yozib berishmoqda.

Olis hududlardagi fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dala gospitali faoliyat yuritmoqda.