Sardoba suv omboridan jabr ko‘rgan hududlarda kasbga o‘qitish maskanlari tashkil etildi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan vazirlik va Koreya hamkorlik agentligi hamkorligida amalga oshirilayotgan Sirdaryo viloyatidagi aholining zaif qatlamini qo‘llab-quvvatlash dasturi loyihasi doirasida Sirdaryo viloyati ayrim tumanlariga press-tur o‘tkazildi
Sputnik

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. Sardoba suv omborida ro‘y bergan texnogen vaziyat tufayli jabr chekkan hududlarda aholini kasb-hunarga o‘qitish maskanlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda voqea joyidan Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Tojikiston O‘zbekistonga Sardoba falokati sabab insonparvarlik yordami yubordi

2020 yilning 23-oktabrida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Koreya hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi ofisi bilan "Sirdaryo viloyatidagi aholining zaif qatlamini qo‘llab-quvvatlash dasturi" loyihasini hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolangan edi.

Ushbu memorandum asosida bugungi kungna qadar Oqoltin tumani "Shodlik" mahallasi, Sardoba tumani "Birlik" mahalla fuqarolar yig‘ini binosi hamda Mirzaobod tumani "Dehqonobod" mahallasi hududida joylashgan Madaniyat markazi binosida aholini kasb-hunarga o‘qitish maskanlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sardoba suv omboridan jabr ko‘rgan hududlarda kasbga o‘qitish maskanlari tashkil etildi

Ochilish tadbirlarida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, Koreya hamkorlik agentligi direktori Pak Sunjin ishtirok etdi.

O‘z faoliyatini boshlayotgan mazkur 3ta o‘quv markazi yordamida hududdagi 200 nafarga yaqin ayollar va yoshlarni bir vaqtning o‘zida pazandachilik, kompyuter savodxonligi mutaxassisliklari bo‘yicha professional o‘qitish va bu orqali ularni ma’lum daromad manbalari bilan ta’minlash, iqtisodiy faolliklarini yanada oshirish, aholining takliflari asosida keyinchalik qo‘shimcha ravishda xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini ochish ko‘zda tutilgan.

Sardoba suv omboridan jabr ko‘rgan hududlarda kasbga o‘qitish maskanlari tashkil etildi

Joriy yilning may oyida Sirdaryo viloyatining Sardoba suv omborida ro‘y bergan texnogen vaziyat tufayli hududdagi Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi bir qancha aholi punktlari, ijtimoiy soha obyektlari, qishloq xo‘jaligi ekinlariga jiddiy zarar yetdi. 

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mazkur favqulodda hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jabrlangan fuqarolarga tezkor yordam ko‘rsatish bo‘yicha bir qancha ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, joylarda tashkil etilayotgan kasbga o‘qitish markazlariga tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari boshliqlari etib tayinlanadi hamda markazlarning maqsadli va samarali faoliyat yuritilishini ta’minlaydi.