Rossiya maxsus reys bilan O‘zbekistonga 56 nafar jinoiy ish figurantlarini jo‘natdi

Rossiya maxsus reys bilan O‘zbekistonga jinoiy javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish uchun 56 nafar fuqarolarni jo‘natdi.
Sputnik

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiya maxsus reys bilan O‘zbekistonga jinoiy javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish uchun 56 nafar fuqarolarni jo‘natdi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Rossiya bosh prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasining odam o‘ldirishga suiqasd qilish, bosqinchilik, o‘g‘rilik va boshqa jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortish uchun fuqarolarni topshirish to‘g‘risidagi so‘rovi qanoatlantirilgan.

“Bugun Novosibirsk aeroportida epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda barcha zaruriy xavfsizlik choralariga rioya qilib, 56 nafar fuqaroni vataniga topshirish amalga oshirildi”, - deyilgan xabarda.

Koronavirus tarqalishi tufayli ularni vataniga topshirishda alohida choralar ko‘rilgan. O‘zbekiston tomoni ularni olib ketish uchun maxsus aviareys jo‘natgan.