Ish haftasining oxiriga kelib kunlar iliqlashadi

24-25 dekabrda mamlakat hududiga Eron hududlaridan iliq havo massalari keladi. Havo harorati ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib, kunduz kunlari havo 7-12 darajagacha isiydi.
Sputnik

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zgidromet haftalik ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun va ertaga O‘zbekistonda ob-havo sharoitini dam olish kunlari hududga kirib kelgan quruq va deyarli sovuq antisiklon havo massalari belgilaydi. Barcha viloyatlarda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechalari 0-5° sovuq, kunduz kunlari 0-5° iliq atrofida, ba’zi joylarda 7° iliqgacha bo‘ladi.

23 dekabrda Kavkaz hududlaridan kirib kelgan biroz nam havo massalari respublika hududlari bo‘yicha siljiydi. Respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat markaziy hududlar bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.

24-25 dekabrda mamlakat hududiga Eron hududlaridan iliq havo massalari keladi. Havo harorati ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib, kunduz kunlari havo 7-12° iliqgacha isiydi.

Hududlarning ko‘p qismida shu kunlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga 25-dekabrda janubiy siklon kirib kelishi boshlanadi, buning hisobiga Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.