O‘zbekiston 2020-yilda rossiyaliklarning talabi yuqori bo‘lgan aviayo‘nalishlar uchligiga kirdi

O‘zbekiston, Armaniston va Qirg‘iziston 2020-yilda Rossiyadan parvoz qilish uchun ommabop xorijiy yo‘nalishlar uchligiga kiritildi.
Sputnik

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekiston, Armaniston va Qirg‘iziston 2020-yilda Rossiyadan parvoz qilish uchun ommabop xorijiy yo‘nalishlar bo‘ldi. Bundan Tutu.ru safar va sayohatlar xizmati tadqiqoti darak bermoqda.

Shu bilan birga bu mamlakatlarga parvoz qilish uchun o‘rtacha chek bir yil ichida 13,7 ming rubl (+10 foiz), 7 ming rubl (+6 foiz) va 12,4 ming rublgacha (+19 foiz) oshgan.

O‘zbekistonliklar qayerga parvoz qilishni istashmoqda – so‘rov natijalari

Shuningdek, Turkiya, Moldava, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Belarus, Tojikiston va Germaniya eng talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar o‘ntaligiga kirgan.

Rossiya 27-mart kuni koronavirus tarqalishi tufayli muntazam xalqaro va charter parvozlarni to‘xtatib qo‘ygan edi. Avgust oyida Rossiya Turkiya, Buyuk Britaniya, Tanzaniya bilan parvozlarni qayta tikladi. Keyinchalik Shveysariya, Misr, BAA, Maldiv, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Serbiya, Kuba va Yaponiya bilan ham parvozlar o‘zaro kelishuvga asosan tiklandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat o‘z chegaralarini qachon ochishi haqidagi savol javob berayotib, chegaralar koronavirus bilan bog‘liq vaziyat imkon berishi bilanoq ochilishini ma’lum qildi.

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning ma’lum qilishicha, Rossiyada koronavirus pandemiyasi bahorga kelib tugashi mumkin.