Qarshida YPX avtomobili yonib ketdi

Qarshi shahrida viloyat hokimligi binosining ro‘parasida viloyat IIB YHXB YPXga tegishli “Lacetti”ning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshi shahrida GAI avtomashinasi yonib ketdi” sarlavhali videolavha tarqaldi. Voqea yuzasidan IIV YHXBB ma’lumot berdi.

Xabarda yozilishicha, 2020-yilning 18-dekabr kuni soat 16:50 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan viloyat hokimligi binosining ro‘parasida viloyat IIB YHXB YPX xodimi M.O. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli maxsus xizmat avtomobilining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Qarshida YPX avtomobili yonib ketdi

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in tez fursatlarda bartaraf etilgan. Transport vositasining dvigatel va kapot qismi zararlangan.

Toshkentda “Malibu” daraxtga borib urilib, yonib ketdi

Mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablarga aniqlik kiritilmoqda.