Qarshida 13 nafar o‘smir is gazidan zaharlandi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. Qarshida 13 nafar o‘smir is gazidan zaharlanganishi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Qoraqalpog‘istonda bir kechada olti kishi, jumladan ikki bola is gazidan zaharlanib o‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun 19-dekabr kuni ertalab Qarshi shahridagi xususiy o‘quv markazlaridan birining yotoqxonasida yashovchi 13 nafar o‘smir yotoqxonaga o‘rnatilgan gaz bilan ishlaydigan isitish qozonidagi nosozlik sababli zaharlanishgan.

Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamdan so‘ng ularni barchasining ahvoli yaxshilangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv olib borilishi ustidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Noyabr oyining birinchi yarmida O‘zbekiston Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov 2020-yilda is gazi va gaz portlashidan jabr ko‘rgan fuqarolar soni haqida ma’lumot bergan edi.

Unga ko‘ra, 2020-yilning o‘tgan davrida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq jami 52ta holat sodir bo‘lib, ularda 69 nafar fuqaro jabrlangan, 61 nafari vafot etgan. Gaz portlashi bilan bog‘liq 12ta holat kuzatilib, ularda 147 nafar fuqaro jarohatlangan, 19 nafari vafot etgan.