Korrupsiyaga oid anonim murojaatlar ham ko‘rilib chiqiladi

Qonun loyihasiga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi vakolatli organlar — Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlari, shu jumladan anonim murojaatlarini ko‘rib chiqadi
Sputnik

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. Milliy qonunchilikda korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha anonim murojaatlarni ham majburiy ko‘rib chiqish taklif etilmoqda.

Korrupsiya barbod qiladi: kim aybdor va nima qilmoq kerak - Norboyeva bilan intervyu

Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasiga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jinoyatga oid ma’lumotlar mavjud bo‘lgan anonim murojaatlarni ko‘rib chiqish chog‘ida ular bilan bog‘liq ma’lumotlarni aniqlaganida, jinoyat ishini qo‘zg‘atishga sabab bo‘lishi mumkin.

Qonun loyihasiga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi vakolatli organlar — Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlari, shu jumladan anonim murojaatlarini ko‘rib chiqadi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018-2020 yillarda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga 90 ta hamda Ichki ishlar vazirligiga esa 106 ta jinoyatga, shu jumladan korrupsiyaga oid ma’lumotlar bo‘lgan anonim murojaatlar kelib tushgan.