Afg‘onistondagi amerika bazasiga to‘rtta raketa bilan zarba berildi - OAV

Raketalar, qayd etilishicha, Kalandarxil tumanidan uchirilgan, ularning soni jami o‘nta bo‘lgan. BM-12 raketalari unchalik katta bo‘lmagan platformada joylashtirilganligi aytilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. Amerikaning Afg‘onistondagi "Bagram" harbiy bazasiga to‘rtta raketa kelib tushdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti mahalliy OAVlarga tayangan holda.

Javob hujumi. AQSh toliblarning Qandahordagi pozitsiyalari bo‘ylab aviazarba berdi

Raketalar, qayd etilishicha, Kalandarxil tumanidan uchirilgan, ularning soni jami o‘nta bo‘lgan. BM-12 raketalari unchalik katta bo‘lmagan platformada joylashtirilganligi aytilmoqda.

Raketalarning oltitasining uchirilishini oldini olishga muvaffaq bo‘lingan.

NATO vakili ma’lumotlariga ko‘ra, yuz bergan hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan.

Raketalar kim tomonidan uchirilgani ham hozircha noma’lum.