AQSh nega Turkiya ruslardan sotib olgan S-400dan qo‘rqadi? — javob videoda

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Turkiya Rossiyadan sotib olgan S-400 ZRKlari amerika harbiylari uchun xavf tug‘diradi, deb hisoblaydi. U bu haqda Turkiya TIV rahbari Mevlut Chavusho‘g‘liga telefon orqali suhbat chog‘ida aytgan.
Sputnik

Ilgariroq Vashington Rossiyadan sotib olingan S-400lari tufayli Anqaraga qarshi sanksiyalar kiritgan edi.

Ushbu cheklovlar Turkiya mudofaa sanoati kotibiyati, uning rahbari Ismoil Demir, shuningdek bir qancha amaldorlarga nisbatan joriy etilgandi.

Moskva amerikaning yangi sanksiyalarini Shtatlarning halol raqobatga dosh berolmasligi bilan bog‘lamoqda.

Rossiyaning S-400 amerikaliklarga nimasi bilan xavf tug‘dirmoqda va AQShning o‘zi qay tarzda butun dunyo uchun tahdid bo‘lgani haqida - videosujetda tomosha qiling.