Yangi rekord: Toshkentda 50 metrli lavash tayyorlandi

Toshkentda taomlar bilan bog‘liq tajribalar tugamadi - endi "Toshkent Citi" hududida ulkan 50 metrli lavash tayyorlandi.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Toshkentda taomlar bilan bog‘liq eksperimentlar tugamadi - endi poytaxtda ulkan 50 metrli lavash tayyorlandi va undan tushgan mablag‘ "Mehrli Q'ollar" xayriya fondiga jo‘natildi.

Tadbir "Toshkent Citi" hududida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu lavash 70 nafar oshpaz tomonidan tayyorlandi, ularga 20 nafar menedjer ko‘maklashdi.  

Taomni tayyorlash uchun 50 kg go‘sht, 8 kg chips, 7 kg pomidor, 7 kg bodring, 5 l sous va bir blokdan ketchup va mayonez sarflandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin poytaxtda diametri 2,5 metr bo‘lgan burger, undan oldin esa 45 metrli xot-dog tayyorlandi.