AQSh o‘z dengizdagi gegemoniyasida Rossiyani asosiy xavf deb biladi

Amerikalik siyosatchi va harbiylar Rossiyani muntazam ravishda davlat milliy xavfsizligi uchun asosiy tahdidlar ro‘yxatiga qo‘shib keladi.
Sputnik

TOShKENT, 18 dek - Sputnik. AQSh Rossiyani dengizdagi hukmronlikda asosiy tahdid, deya atadi.

AQSh Turkiyaga qarshi sanksiya qo‘lladi. Rossiya qanday javob qaytardi

"Rossiya va Xitoy "global tinchlik va farovonlik" davrida AQSh flotining dengizdagi hukmronligiga qarshi ikkita asosiy "tahdid" sanaladi", deyiladi AQSh HDK, Qirg‘oq qorovuliva Dengiz pexotasi korpusining "Dengizdagi ustunlik" nomli hisobotida.

Hujjatda ta’kidlanishicha, Vashington muhim xalqaro dengiz yo‘llarida ustunlik qilish uchun Moskva va Pekinning "tajovuzkor harakatlarini" bostirishni rejalashtirayotgani ta’kidlangan.

"Ularning ortib borayotgan mahorati va agressivligini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmiz", - deyilgan hisobotda.

Doklab mualliflarining qilgan xulosalariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy "global xavfsizlikka o‘z hissasini qo‘shayotgan mas’uliyatli yetakchilarga" aylana olmagani tufayli, endilikda AQSh ularni "qat’iy raqib" sifatida tan oladi.

Bemor AQSh maxsus xizmatlari ko‘magidan foydalanadi — Putin Navalniy haqida

Shu bilan birga, hisobotda, Xitoy anchayin uzoq muddatga strategik tahdidligi aytilgan.

Amerikalik siyosatchi va harbiylar Rossiyani muntazam ravishda davlat milliy xavfsizligi uchun asosiy tahdidlar ro‘yxatiga qo‘shib keladi. Sal oldin AQShning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden Rossiyani "Amerika uchun aynan hozirgi eng ulkan tahdid", Xitoyni esa - eng yirik raqib, deya atagan edi. O‘z navbatida, AQSh armiyasi shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milli Rossiyani "AQSh hisoblashishi lozim bo‘lgan" muammolar qatorida sanab o‘tgan edi. Shuningdek, ro‘yxatda Xitoy, Shimoliy Koreya, Eron ham tilga olingan edi.

Qator ayblovlar turli mamlakatlardagi demokratik jarayonlarga ta’sir o‘tkazishga urinish borasidagi ayblovlar bilan bog‘liq edi. Rossiya bu ayblovlarni ko‘plab marotaba rad etgan. Kreml matbuot-kotibi Dmitriy Peskov bu ta’kidlarni "mutlaqo asossiz" deb atagan, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov esa ularni tasdiqlashi mumkin bo‘lgan bironta ham faktning yo‘qligini qayd etgan.