O‘zbekiston tashqi qarzi 30 mlrd dollarga yaqinlashmoqda

O‘tgan to‘qqiz oy mobaynida mamlakat tashqi qarzi 19,7 foizga yoki 4,8 mlrd dollarga oshgan. Umumiy tashqi qarz davlat va xususiy sektor qarzlaridan iborat.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. 2020-yil 1-oktabr holatiga O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 29,3 mlrd dollarni tashkil qildi. Bundan Markaziy bank ma’lumotlari darak bermoqda.

O‘zbekiston tashqi qarzi ko‘pmi yoki kam?

Tashqi qarz 2020-yil boshidan 19,7 foizga yoki 4,8 mlrd dollarga oshgan.

“Ushbu jarayon COVID-19 virusiningtarqalishi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini yumshatish uchun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yangi qarzlarning jalb qilinishi bilan izohlanishi mumkin”, - deyiladi Markaziy bank hisobotida.

Umumiy tashqi qarz davlat va xususiy sektor qarzlaridan iborat.

Birinchisi 18,7 milliard dollarni tashkil etib, 2,9 milliard dollarga oshdi. Xususiy sektor tashqi qarzi 10,6 milliard dollarni tashkil etib, 1,9 milliard dollarga oshdi.

O‘zbekiston tashqi qarzi 30 mlrd dollarga yaqinlashmoqda

Shu bilan birga, 9 oy mobaynida davlat tashqi qarzi bo‘yicha 454,8 mln dollar miqdordagi asosiy qarz va 263,4 mln dollar miqdordagi foiz to‘lovlari amalga oshirilgan.

Xususiy tashqi qarz to‘lovlari asosiy qarz bo‘yicha 1,3 mlrd dollar va foiz to‘lovlari bo‘yicha 242,1 mln dollarni tashkil qildi.