Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi

Toshkent xalqaro festivali ilk bor 1968-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlaridan saralab olingan filmlar qabul qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi. Bu haqda “O‘zbekkino” MA bosh direktori Firdavs Abduxoliqov IV xalqaro Kongress doirasidagi Milliy kinematografiya ijodiy kunida tantanali ravishda elon qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Toshkent xalqaro festivali ilk bor 1968-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlaridan saralab olingan filmlar qabul qilingan.

Undan avval, kinoijodkorlar va mutaxassislarning “O‘zbekkino” MA bilan hamkorlikdagi xaqaro kinoloyihalari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Berlin kinofestivalida afsonaviy, xalqaro Toshkent kinofestivalini qayta tiklash masalasi muhokama qilingani xabar qilingan edi. Xorijlik kino arboblari ushbu kinofestivalni qayta tiklashda yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirishgan edi.