Taniqli amerikalik rejissor “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi

Uch karra “Oskar” mukofoti sovrindori, mashhur amerikalik rejissor Oliver Stoun koronavirusga qarshi dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan Rossiya vaksinasi bilan emlandi.
Sputnik

Oliver Stoun bu haqda Rossiyaning “Perviy” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Bir necha kun ilgari emlandim. Bu qanchalik yordam berishini hozircha bilmayman, lekin Rossiya vaksinasi haqida ko‘plab ijobiy fikrlarni eshitdim”, - dedi u.

Rejissor u hozircha emlanishning birinchi bosqichidan o‘tganini tushuntirdi va ikkinchi komponentini olish uchun biroz vaqt o‘tib yana Rossiyaga qaytishi kerakligini aytdi.