TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Koronavirusni tarqatishda biror bir mamlakatga qarshi ayblovlarning tasdig‘i yo‘q. Bu haqda Rossiya prezidenti yillik matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Paydo bo‘lishiga to‘xtalsak, mish-mishlar bisyor, men hozir butun mamlakat va butun dunyoga bu haqda gapirmagan bo‘lar edim. Buning ustiga biror bir kishiga qarshi aylovlar bilan bog‘liq tasdiqlarni ko‘rmayapmiz”, - dedi Putin.
Rossiya yetakchisi aybdorlarni izlash emas, balki muammoga qarshi kurashish uchun say’-harakatlarini birlashtirish lozimligini ta’kidladi.
“Menimcha, hozir boshqa narsadan kelib chiqish kerak: aybdorlarini izlash emas, balki muammoga qarshi kurashish uchun say’-harakatlarni birlashtirish zarur”, - deya qo‘shimcha qildi Putin.