TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin yillik matbuot anjumani yakunida bolali oilalarga yangi to‘lovlar tarqatilishini e’lon qildi.
Prezident oilalarni qo‘llab-quvvatlashga oid ko‘plab savollarni hukumat tomonidan berilayotganini ta’kidladi.
"Bu yerga kelishimdan oldin, men hukumat, prezident administratsiyasi bilan maslahatlashdim, davlat, bolalarimizga - kichkina, kamtarin, ammo shunga qaramay sovg‘a beramiz, degan qarorga keldik . Yetti yoshgacha bolalari bo‘lgan barcha oilalarga besh ming rubldan to‘laymiz”, - dedi Putin.
Prezident oilalarga mablag‘ yangi yilgacha tarqatiladi, deb ta’kidladi.