TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bugun o‘tkazilayotgan matbuot-anjumanida Aleksey Navalniy AQSh maxsus xizmatlari ko‘magidan foydalanib keladi, deya ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Navalniyning "zaharlanishi" haqida maqolalar — bu OAV surishtiruvi emas, balki amerika maxsus xizmatlari materiallarini qonuniylashtirilishidir.
"Biz hammamiz bu nimaligini yaxshi tushunamiz. Bu degani berlin klinikasidagi bemor ... AQSh maxsus xizmatlari qo‘llab-quvvatlovidan foydalanmoqda. Uni zaharlashning nima keragi bor, u kimga kerak? Agar istashganida, oxirigacha bajarilardi bu ish. Uning rafiqasi menga murojaat qilgach, men darhol bemorni Germaniyaga davolanishga olib ketilishiga ruxsat berishlarini aytib, buyruq berdim", — dedi Putin.
Rossiya yetakchisi, rossiyaliklarni tan olishlarini "truklar bilan emas, real ishlar bilan" qozonish kerakligini qayd etdi.