O‘zbekiston va Rossiya harbiylari Termizda jangarilarni “yo‘q qilishdi”

Termiz poligonida Rossiya harbiylari bilan hamkorlikda “Surxon-2020” maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Sputnik

O‘zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilari, shuningdek, shahar sharoitida binolarni egallab olgan noqonuniy qurollangan guruhlardan tozalash amaliyoti bo‘yicha ham tayyorgarlik mashqlarini bajardilar.

Mashg‘ulotlar chog‘ida shartli ravishda noqonuniy qurollangan to‘da davlat chegarasini kesib o‘tib, aholi punktini egallab oldi. Dron mahalliy joyni razvedka qilgandan so‘ng Mi-8 transport jangovar vertolotdan harbiylar tushdi. Keyin yashirin tarzda o‘z o‘rinlarini egallab, qo‘riqlanayotgan joyni yo‘q qildi.

Jangarilarni yo‘q qilish, ularning boshqaruvini izdan chiqarish hamda ular o‘rtasida vahima keltirib chiqarish uchun minomotlardan o‘t ochildi. So‘ngra to‘rtta “Tayfun” zirhli avtomobillarda yetib kelgan qo‘shma maxsus xizmat guruhlari dushman yashiringan binoni tozalashdi va “jangarilar” yetakchisini asirga olishdi.