Tramp: taslim bo‘lishga juda erta

Avvalroq respublikachilarning senatdagi yetakchisi Mitch Makkonnell prezident saylovlarida Jo Bayden g‘alabasini tan olgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp respublikachilarning senatdagi yetakchisi Mitch Makkonnell tomonidan prezident saylovlarida Jo Bayden g‘alabasi tan olingan so‘ng taslim bo‘lishga hali juda ertaligini ma’lum qildi.

15 dekabr kuni Makkonnell saylovchilar hay’atining ovoz berish yakuniga ko‘ra Bayden saylanganini tan oldi va saylangan prezidentni tabrikladi.

Nima bo‘lsa ham Bayden. Revansh olishga Trampga nima xalal berdi

“Tramp ittifoqdoshlari Baydenni tabriklaganlik uchun Mitch Makkonnellni tanqid qilishmoqda... Mitch, 75 millionta ovoz, amaldagi prezident uchun rekord. Taslim bo‘lishga juda erta. Respublikachilar axiyri  kurashishni o‘rganishlari kerak. Odamlarda g‘azabda”, - deya yozdi Tramp Twitter᾽da.

AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden saylovchilar hay’atining (Electoral College) 306 ta ovoziga ega bo‘lgan. Prezidentlikka saylanish uchun ularning 270 ovozi yetarli hisoblanadi.

Shu tariqa saylovchilar hay’ati mamlakatda bo‘lib o‘tgan ovoz berish yakunlarini tasdiqladi, unga ko‘ra Jo Bayden AQShning 46-prezidenti bo‘ladi. Buni Kongress 6-yanvar kuni rasmiyatchilik yuzasidan tasdiqlashi kerak. Donald Tramp hozirgacha mag‘lubiyatni tan olmayapti.

Jo bayden 20-yanvardan prezidentlik vazifasini bajarishga kirishi kutilmoqda.