Toshkentda bedarak yo‘qolgan 13 yoshli qiz qidirilmoqda – foto

Chilonzor tumanida yashovchi 13 yoshli qiz 21-noyabr kuni uyidan chiqib, noma’lum tarafga ketgan va qaytib kelmagan.
Sputnik

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Toshkent shahar IIBB fuqarolardan bedarak yo‘qolgan 13 yoshli qiz qidiruvida ko‘mak so‘ramoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2007-yilda tug‘ilgan, Chilonzor tumani, G9a-kvartal, 4-uy, 1-xonadonda yashovchi Jumabayeva Farangiz Vahidovna joriy yilning 21-noyabr kuni uyidan chiqib, noma’lum tarafga ketgan va qaytib kelmagan.

Bu haqda qizning onasi 5-dekabr kuni Chilonzor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga murojaat qilgan.

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 13 yoshli qiz qidirilmoqda – foto

Belgilari: bo‘yi 165-170 santimetr, o‘rta gavdali, ko‘zi qora qoshi qalin, sochi kalta va qora rangda. 

Egnidagi kiyimi: jigarrang palto, qora kofta, qora shim, oq krassovka.

Izoh: yoshiga nisbatan katta ko‘rinadi, o‘zi haqida noto‘g‘ri ma’lumot berishi mumkin.

Ko‘rganlar yoki biror bir ma’lumotga ega bo‘lganlar quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishlari mumkin: 71-233-83-74, 71-233-82-37, 71-232-08-10, 71-232-05-62, 71-281-92-54, 97-449-02-11, 98-125-57-60.