Bosh qahramon: ozarbayjonlik aktrisa turk serialida suratga tushadi

Ozarbayjonlik aktrisa Aysel Nozim Bi Baksana nomli turk serialida bosh qahramon rolini o‘ynaydi. Yangi serialda turk aktorlardan O‘zlem Gezgin, Esin Benim, Ahmet Demir suratga tushadi.
Sputnik

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Ozarbayjonlik aktrisa Aysel Nozim turk seriali - Bi Baksana'da bosh qahramon rolini ijro etadi. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon xabar qildi.

Aktrisa bir necha oy oldin aktorlik karyerasini davom ettirish uchun Turkiyaga ko‘chib o‘tdi. Ayni vaqtda u yaqinda premyerasi bo‘ladigan turk serialining suratga olish ishlarida qatnashmoqda.

Unda mashhur turk aktorlari O‘zlem Gezgin, Esin Benim, Ahmet Demir va boshqa ko‘plab aktorlar suratga tushadi.

Bundan tashqari, Aysel ko‘plab tadbirlarda boshlovchi sifatida ishlaydi.

Aysel Nozim - Ozarbayjon kinematografiyasining eng mashhur yosh aktrisalaridan biri. U ko‘plab seriallarda rol o‘ynagan. 2019-yilda u turk kinokompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.