O‘zbekiston va Rossiya yoqilg‘i-energetika sohasidagi istiqbolli loyihalarni ko‘rib chiqdi

Moskvada O‘zbekiston va Rossiya energetkia vazirlari energetika vazirlari yoqilg‘i-energetika sohasidagi istiqbolli loyihalarni ko‘rib chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov Moskva shahriga amaliy tashrifi chog‘ida rossiyalik hamkasbi Nikolay Shulginov bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Uchrashuvda Sultonov O‘zbekiston uchun Rossiya kompaniyalari bilan yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida hamkorlik qilish strategik ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda tomonlar umumiy qiymati qariyb 22 mlrd dollar bo‘lgan qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston energetika sohasiga eng ilg‘or tajribalar joriy etiladi - Alisher Sultonov

O‘zbekiston energetika kompaniyalarining ishlab chiqarish va moliyaviy jarayonlarini raqamlashtirish hamkorlikning yana bir muhim yangi yo‘nalishi hisoblanadi. 

“Uchrashuv chog‘ida energetika vazirlari yoqilg‘i-energetika sohasidagi istiqbolli loyihalarni ko‘rib chiqdilar. Ularning oliy darajadagi imzolash marosimiga tayyorgarlik holatini muhokama qildilar”, - deyilgan xabarda.

Ikki taraf ham mamlakatlar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamda kelajakda yanada kengayish va rivojlanish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan o‘zaro manfaatli munosabatlarni yuksak baholashi qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda O‘zbekiston gidroenergetika sohasida Rossiya Tashqi iqtisodiy banki moliyaviy qo‘magida 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Yangi mini GES (Darg‘om kanalida va Quyichotqol GES tarkibida)lar, amaldagi Farhod va To‘palang GESlarning modernizatsiyasi shular jumlasidan. Gidroenergetika sohasidagi yana bir qator loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilish masalasi muhokama qilinmoqda.