Vanga 2021-yil uchun nimalarni bashorat qilgan - OAV

Tabiiy ofatlar, demografik inqiroz, "oxirgi prezident", "qizil pul" va "kuchli ajdarho" - mashhur bolgariyalik bashoratchi Vanganing 2021-yil uchun bashoratlari.
Sputnik

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Mashhur bolgariyalik bashoratchi Vangeliya Pandeva Gushterova (Vanga) 2021-yilda Rossiya demografik inqirozga yuz tutishi va AQSh "oxirgi prezident" va tabiiy ofatlar bo‘lishini aytgan edi. 5-tv.ru xabariga asosan.

Saxo Bank 2021-yil uchun "dahshatli bashoratlarni" e’lon qildi

Vanga birinchi yarim yillikda RFda demografik inqiroz yuz berishini bashorat qilgan. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, bu koronavirus infeksiyasi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Vaziyat yilning ikkinchi yarmida yaxshilanishi kerak.

Vanganing yana bir bashorati AQShga tegishli bo‘lib, u "oxirgi prezident" haqida aytilgan. Ma’lumki, noyabr oyida saylovlar bo‘lib o‘tdi, ammo amaldagi prezident Donald Tramp Jo Baydenning g‘alabasiga ishonmayapti va prezident kursini unga bo‘shatishni xohlamayapti. Bashoratchining fikriga ko‘ra, Tramp so‘nggi davlat rahbariga aylanadi. Amerikada aynan nima sodir bo‘lishi aniq aytilmagan, ammo "fuqarolar urushi" va hokimiyat almashishi istisno qilinmagan.

Vanga, shuningdek, AQSh ichki muammolar tufayli jahon sahnasini tark etishi va uning o‘rnini "kuchli ajdaho" egallashi haqida bashorat qilgan. Bu ibora ostida u nafaqat Xitoyni, balki Rossiya va Hindistonni ham nazarda tutgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar "qizil pul"ga ega bo‘lishadi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, 100 yuan va 5000 rubl qog‘ozlari aynan qizil rangda.

Boshqa bir bashorat - AQShga tabiiy ofatlar, kuchli yomg‘ir va “megato‘fon” tufayli Kaliforniya shtati, Los-Anjeles, San-Fransisko va San-Diyego shaharlari suv ostida qolishi mumkin.

Telekanal Vanganing ijobiy bashoratlarini ham keltirgan, masalan, insoniyat saraton kasalligini yengadi. Bashoratchi saraton kasalligiga qarshi samarali dori allaqachon yaratilgan, ammo ishlab chiqarishga kiritilmaganligini ta’kidlagandi.