TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari uchun 2020-yil 28-dekabrdan 2021-yil 10-yanvargacha qishki ta’til etib belgilandi, deb xabar qildi OO‘MTV Axborot xizmati.
2021 yil 11-yanvar — o‘qishning birinchi kuni bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, respublika umumta’lim maktablarida yangi yil tadbirlarini o‘tkazish taqiqlangani haqida xabar bergandi. Koronavirus pandemiyasi paytida o‘quvchi-yoshlar sog‘lig‘ini asrash maqsadida 2020-yilgi “Prezident archasi" tadbiri “Bolajon” va “Yoshlar” telekanali orqali namoyish etiladi.
Respublika maxsus komissiyasi mamlakatdagi epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadida davlat korxonalari va boshqa tashkilotlarga korporativ bazmlarni o‘tkazish taqiqladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarga yangi 2021-yil bayrami tadbirlarini oila davrasida o‘tkazish tavsiya etdi.