O‘zbekiston va YeOII

Ekspert: YeOIIda kuzatuvchi maqomi – bu o‘zbek biznesi uchun signal

"Rossiya eksport markazi" AJ eksport savdo bo‘yicha maslahatchisi Mixail Panchenkov, YeOIIda kuzatuvchi maqomiga o‘tgandan so‘ng, O‘zbekiston uchun vaziyat qanday o‘zgargani va qulay shart-sharoitlarni qo‘ldan boy bermaslik uchun nima qilish kerakligi haqida o‘z fikrlarini aytdi.
Sputnik

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi oliy kengashi yig‘ilishida a’zo-davlatlarning yakdil qarori bilan O‘zbekiston kuzatuvchi-davlat sifatida qabul qilindi. Rasmiy ravishda bu hali respublikaga ittifoqning to‘laqonli a’zolari foydalanadigan imtiyozlarni bermaydi. Ammo rossiyalik mutaxassis fikriga ko‘ra, bu juda muhim qadam va biznes uchun aniq signal.

"O‘zbekistonga YeOIIda kuzatuvchi maqomini berilishi - bu Rossiyada ham, respublikaning o‘zida ham biznes uchun muhim signal. Ehtimoliy integratsiya bojxona, logistika va mehnat resurslaridan foydalanishda keng imkoniyatlar ochilishini anglatadi. Bunday sharoitda har ikki tomonning tadbirkorlari bugun o‘z ishlarini kuchaytirishi, hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini izlashi va qo‘shma korxonalarni tashkil qilishi kerak, keyinchalik agar YeOIIda to‘laqonli qo‘shilish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, ular oxirgi vagonda bo‘lib qolmaslik uchun", - deb ta’kidladi Panchenkov.

Unga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zolari bilan teng huquqli munosabatlarni rivojlantirish uchun O‘zbekiston katta texnik ishlarni bajarishi kerak. Avvalambor, bu alohida tovarlarning ko‘plab protokollari va qoidalarini umumiy standartlarga muvofiqlashtirish bilan bog‘liq. Bu juda mashaqqatli ish, ammo, ekspertning fikriga ko‘ra, bu tez orada o‘zini to‘liq oqlaydi.

Panchenkov ta’kidlashicha, bugungi kunda tovarlarni yetkazib berish uchun transport koridorlarini, xususan, temir yo‘l transportini rivojlantirish va undan intensiv foydalanish zarur. Respublika hududidagi tarqatish markazlari o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi va o‘sishining yana bir samarali yo‘nalishi bo‘lishi kerak. Rossiya Federatsiyasi bilan allaqachon ma’lum kelishuvlarga erishilgan, loyihani amalga oshirishda uch yil ichida ushbu markaz orqali tovarlarning hajmi 500 million dollardan oshishi mumkin.