O‘zbekiston va YeOII

Deputatlar O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi qo‘llab-quvvatlandi – Qonunchilik palatasi.
Sputnik

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston YeOII ostonasida: respublikani nima kutmoqda va Tojikiston unga ergashadimi?

Kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqishdan avval deputatlar bir necha oylardan beri olib borgan sa’y-harakatlari mantiqiy yechim topganligini va shu yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibida kuzatuvchi maqomini olganligi ishtirokchi davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanganligini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

So‘zga chiqqan barcha fraksiyalarning vakillari YeOII bilan iqtisodiy hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga hozirlik ko‘rish zarurligini qayd etdilar.

Deputatlarning bir necha oy davomida olib borgan o‘rganishlari, masalaga har tomonlama chuqur yondashuvlari natijasida mamlakatimizning Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi davlat maqomida hamkorlik qilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. Qolaversa, O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, transport va tranzit sohasida o‘zaro muvofiqlashgan yondashuvlarni ishlab chiqish, mehnat migratsiyasi tizimida yaqindan hamkorlik qilish kabi muhim omillar ham o‘zaro hamkorlik qilish uchun asos bo‘ldi.

O‘zbekiston ilk bor Oliy YeOII Kengashi yig‘ilishida – onlayn translyatsiya

Deputatlarning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning kuzatuvchi davlat maqomida bo‘lishi integratsiyalashuv jarayonining dastlabki bosqichi bo‘lib, YeOIIga a’zolikning ijobiy va salbiy jihatlarini chuqur tahlil qilish, milliy iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganish, milliy qonunchilikni Ittifoq qonunchiligi bilan uyg‘unlashtirishda qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishlarni o‘rganish va tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur imkoniyat hisoblanadi.

O‘zbekistonning EOII bilan hamkorligi tashqi savdo aylanmasining ortishi, iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoshligining kuchayishi hamda xorijiy davlatlarda mehnat qilayotgan vatandoshlar huquqlarining himoyasi mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Qishloq xo‘jaligida bojxona tartiblarini soddalashtirish hisobidan YeOII davlatlariga O‘zbekistondan ko‘plab tovar va mahsulotlarni, shu jumladan minglab tonna meva-savzavot mahsulotlarini yetkazib berish uchun keng imkoniyatlar ochadi. Shuningdek, xalqaro tashishlar sohasida ruxsat berish uchun tartiblari soddalashtiriladi, yo‘lovchilarning, yuklar va transport vositalarining erkin harakatlanishi ta’minlanadi.