Yo‘lbars hayvon o‘rgatuvchiga tashlandi

Xitoydagi sirkda yo‘lbars hayvon o‘rgatuvchiga hamla qildi. Hodisa 11-dekabr kuni Shanxi viloyatida sodir bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Xitoydagi sirkda yo‘lbars hayvon o‘rgatuvchiga hamla qildi, deb xabar qildi Daily Mail.

Golf maydonida sayr qilib yurgan ulkan timsoh videoga olindi

Guvohlar tomonidan tasvirga olingan videoda yo‘lbars hayvon o‘rgatuvchiga hujum qilib, uni yerga yiqitishi aks etgan.

Sirk xodimlari yirtqichni tayoq yordamida haydashdi.

Hodisa 11-dekabr kuni Shanxi viloyatida sodir bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, hayvon o‘rgatuvchi jonivorni yaxshilab ovqatlantirmaganligi bu hodisaga sabab bo‘lgan.

Hayvon o‘rgatuvchisi og‘ir jarohat olmagan, chunki hayvon tishini erta yoshda olib tashlangan.

Erkak kasalxonada tekshiruvdan o‘tdi va ko‘p o‘tmay uyiga javob berildi.