TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Rossiyaning AQShdagi elchixonasi Amerika OAVlarining AQSh davlat organlariga xakerlik hujumi uyushtirishda Moskvani ayblashga urinishlarini asossiz deb atadi.
Avvalroq “Reyter” agentligi manbalariga tayangan holda xorijiy davlat hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi xakerlar guruhi AQSh Moliya vazirligi va Telekommunikatsiyalar milliy boshqaruvi tizimini buzganini xabar qilgan edi. “Washington Post” gazetasining yozishicha, bunda rossiyalik xakerlar ayblanmoqda, xabarda hech qanday dalil keltirilmagan.
“Amerika OAVlarining AQSh davlat organlariga xakerlik hujumi uyushtirishda Rossiyani galdagi asossiz ayblashga urinishlariga e’tibor qaratdik. Ishonch bilan ma’lum qilamizki: axborot maydonidagi hujumlar mamlakatimizning tashqi siyosiy tamoyillariga, uning milliy manfaatlariga va davlatlar o‘rtasida munosabatlar qanday yo‘lga qo‘yilishi haqidagi tushunchasiga ziddir. Rossiya virtual muhitda hujumkor amaliyotlarni o‘tkazmaydi”, - deyilgan Rossiya elchixonasi bayonotida.
Rossiya kiberxavfsizlik bo‘yicha ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kelishuvlarni tezlashtirayotgani qo‘shimcha qilingan. Bundan tashqari, elchixona Vladimir Putinning xalqaro axborot xavfsizligi sohasida Rossiya-Amerika hamkorligini tiklashga oid kompleks chora dasturi to‘g‘risidagi tashabbusini eslatgan.
Rossiya elchixonasi AQShda olti rossiyalikka qo‘yilgan ayblovga munosabat bildirdi
Moskvada G‘arbning rossiyalik xakerlarning turli hujumlarga aloqadorlikdagi ayblovlarini asossiz deb atab, ularni rad etib keladi. Rossiya G‘arbga kiberxavfsizlik bo‘yicha muloqotni qayta tiklashni taklif qilgan, biroq “qat’iy rad javobini” olgan.