O‘zgarishsiz: dollar kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 20,05 so‘mga ko‘tarildi.
Sputnik

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 1-dekabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 20,05 so‘mga ko‘tarilib, 10 463,12 so‘m tashkil qildi.

Yevro ham 14,88 so‘mga yuqoriladi va 12 671,88 so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek, Rossiya rubli 2,40 so‘mga ko‘tarildi va 143,45 co‘mni tashkil qildi.