Aniq va tez: Rossiyada “Sirkon” gipertovushli raketa sinovdan o‘tkazildi

Yangi gipertovushli raketa uchirish joyidan 350 kilometrdan ziyod uzoqlikda nishonni muvaffaqiyatli yakson qildi.
Sputnik

Rossiya harbiylari Oq dengizda Rossiyaning eng yangi “Sirkon” gipertovushli raketasini sinovdan o‘tkazishdi.

Raketa uchirish joyidan 350 kilometrdan ziyod uzoqlikda nishonni muvaffaqiyatli yakson qildi. Uning tezligi 8 Maxdan ziyodni tashkil etdi.