Koronavirusni ikki daqiqada yo‘q qiladigan usul topildi

Bundan tashqari, tadqiqot natijalari setilpiridiniya xlorid bilan og‘izni chayib tashlash virusni yarim daqiqada yo‘q qilishini ko‘rsatgan.
Sputnik

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Rux va qalay moddasi mavjud bo‘lgan tish pastalari ikki daqiqada koronavirusni 99,9 foiz zararsizlantirishga qodir ekani aytilmoqda. Laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazgan  amerikalik olimlar shunday xulosalarga kelishdi. Tadqiqot natijalari “British Dental Journal” da chop etilgan.

Koronavirus tarqalishini to‘xtatishning yangi usuli aytildi

Bundan tashqari, tadqiqot natijalari setilpiridiniya xlorid bilan og‘izni chayib tashlash virusni yarim daqiqada yo‘q qilishini ko‘rsatgan.

Tadqiqot oktabr oyida Nyu-Jersi shtatidagi Ratgers nomli tibbiyot maktabi va mintaqaviy bioxavfsizlik laboratoriyalari tomonidan o‘tkazilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 72 milliondan ziyod kishi yangi koronavirusni yuqtirib olgan. Shulardan 50,5 milliondan ortig‘i tuzalib ketgan. 1,6 million kishi esa qurbon bo‘lgan.