Bahodir Jalolov meksikalik raqibini mag‘lub etdi - video

Mexikoda professional boksning superog‘ir vazn toifasida faoliyatini olib borayotgan Jalolovga mezbon sportchi Uilfredo Lil raqiblik qildi.
Sputnik

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Bahodir Jalolov professional boksda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Boks oqshomi Meksika poytaxti Mexikoda tashkil etildi.

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida faoliyatini olib borayotgan Jalolovga mezbon sportchi Uilfredo Lil raqiblik qildi.

Jangning birinchi raundning ilk daqiqalaridayoq ustunligini namoyish etgan Jalolov meksikalik raqibini raund oxiriga qadar taslim bo‘lishga majbur qildi. Raund davomida Uilfredo Lil o‘zbekistonlik bokschining kuchli zarbalaridan tiz cho‘kdi.

Shu tarzda Jalolov professional boksdagi yettinchi g‘alabasiga erishdi. U barcha janglarida raqiblarini yer tishlatgan.