TOShKENT, 12 dek - Sputnik. AQSh KPPdagi Afg‘oniston hukumat kuchlariga jangarilar hujumidan so‘ng Qandahor provinsiyasida "Tolibon" radikal harakati a’zolari bo‘ylab jangovar aviatsiya yordamida zarba berdi. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlarining Afg‘onistondagi vakili polkovnik Sonni Leggett ma’lum qildi.
"AQSh QK 10-dekabr kuni Qandahon provinsiyasi Jari uyezdida afg‘on mudofaa va xavfsizlik milliy kuchlari (ANDSF) nazorat-o‘tkazish punktiga hujum uyushtirgan "Tolibon"ning qurollangan jangarilari bo‘ylab zarba berdi", – deyiladi xabarda.
AQSh harbiy kuchlari vakilining so‘zlariga ko‘ra, zarba AQSh va Tolibon o‘rtasida tuzilgan kelishuvga muvofiq afg‘on harbiylarini himoya qilishga qaratilgan.
Afg‘on qozoni qaynamoqda: Amerikaliklar ketmoqda, "Tolibon" qurollanmoqda >>>
U shuningdek, toliblarning avia zarba natijasida aholi orasida qurbonlar bo‘lgani to‘g‘risidagi bayonotini rad etdi.
Joriy yil fevral oyi oxirida AQSh va Afg‘onistonning "Tolibon" radikal harakati vakillari o‘rtasida 18-yil deganda birinchi marta tinchlik bitimini imzolashdi. Hujjat Afg‘onistondan 14 oy ichida chet el qo‘shinlari olib chiqilishini va asirlar bilan almashinuvdan so‘ng afg‘onlararo muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi.