Umumta’lim maktablarida qishki ta’til vaqti o‘zgardi

Umumta’lim maktablarining qishki ta’tili boshlang‘ich sinflar uchun 25-dekabrdan, yuqori sinflar uchun 26-dekabrdan boshlanadi — XTV
Sputnik

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. O‘zbekistondagi maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til odatdagidan ertaroq boshlanadi. Kichik sinflar 25-dekabrdan, katta o‘quvchilar 26-dan dam ta’tilga chiqadilar, deb xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi matbuot-xizmati.

Bunday qaror bir necha sabablarga ko‘ra qabul qilingan. Birinchidan, bu yil 27-dekabr yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi, shuning uchun yangi yilgacha qolgan kunlarni ta’tilga qo‘shish qarori qabul qilingan.

Ikkinchidan, koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq og‘ir epidemiologik vaziyat tufayli bolalarni erta ta’tilga chiqarish rejalashtirilgan.

Maktab o‘quvchilari ikki hafta davomida - 2021-yil 11-yanvargacha dam olishadi. Bahorgi ta’til 26-martda boshlanadi va 7 kun davom etadi, yozgi ta’til esa 26-mayda boshlanadi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.