TOShKENT, 12 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
"Tashrifdan asosiy maqsad - islohotlarning mahallabay tizimda yo‘lga qo‘yilganini, odamlar hayotidagi ifodasini ko‘rish, navbatdagi rejalarni belgilash", - deyiladi xabarda.
Safar davomida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, viloyat faollari, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish mo‘ljallangan.