Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 70 milliondan oshdi

Yangi kasallik deyarli butun dunyoni qamrab oldi. Eng ko‘p holatlar AQSh, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan
Sputnik

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 70 milliondan oshdi, deb xabar bermoqda federal hukumat, shuningdek, OAV hamda boshqa ochiq manbalardan ma’lumotlarni to‘plovchi amerikaning Jon Xopkins universiteti.

Hafta oxirigacha Rossiya regionlarida koronavirusga qarshi vaksinatsiya boshlanadi

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, 12-dekabr holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalingan insonlar soni 70 131 911 kishiga yetgan. Ulardan 1,5 milliondan ortig‘i vafot etgan. 45 milliondan ko‘prog‘i sog‘aygan.

O‘zbekistonda infeksiyaga chalinganlar soni 74 664 nafarni tashkil qilmoqda. Bemorlarning 71 921 (97%i) sog‘aygan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgan edi.

Yangi kasallik deyarli butun dunyoni qamrab oldi. Eng ko‘p holatlar AQSh (15,8 mln dan ortiq), Hindiston (9,7 mln dan ortiq) va Braziliyada (6,7 mln dan ortiq) qayd etilgan.